Rossiyalik taniqli sharhlovchi Gennadiy Orlov sobiq ittifoq hududidagi eng yaxshi futbolchilar haqida fikr bildirib, O’zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni alohida etirof etdi.
“Shomurodovni ham alohida tilga olaman. U “Rostov”da o’ynaganida, men ushbu hujumchining futbol intellekti Rossiyadagi boshqa hujumchilarnikidan ustun ekanini aytgan edim. Keyin u “Roma”ga yo’l oldi, demak men haq bo’lib chiqdim!”, — dedi Orlov. Mutaxassisning takidlashicha, Shomurodov hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan eng yorqin futbolchilardan biri hisoblanadi.

Leave a Reply